O‘z brendingizdagi onlayn maktab
Kurs, o‘quvchi va to‘lov — hammasi bitta joyda. Yarim soatda ishga tushiring.
English
intellekt
Kurs sotildi. Endi eng qizig‘i boshlanadi.
«To‘ladim, qo‘shib yuboring» — uchta xabar. Chekni qidirasiz, summasini tekshirasiz, havolani qo‘lda tashlaysiz.
Uy vazifalari shaxsiyga tushadi. Ish orasida tekshirasiz, keyin kimga javob berdingiz — esingizda qolmaydi.
Keyingi darsni yozmoqchi bo‘lasiz. Lekin yarim tungacha bir xil savollarga javob yozib chiqasiz.
Yigirmata o‘quvchi bo‘lsa — chidasa bo‘ladi. Ellikta bo‘lsa, kunning yarmi shunga ketadi. Yuztaga yetganda esa siz ekspert emas, dispetcherga aylanasiz.
Ayb sizda emas. Sotuv o‘sdi, tizim esa o‘sishga ulgurmadi.
Endi kun shunday o‘tadi
Telefonni ochasiz — tunda uchta to‘lov tushibdi, o‘quvchilar allaqachon kursda.
Kurator ikki o‘quvchi uchinchi darsda qolib ketganini ko‘rib, o‘zi yozdi. Ikkalasi ham kursni tugatdi.
Siz esa keyingi kursni yozyapsiz. Ya’ni o‘z ishingiz bilan bandsiz.
Maktab siz uxlaganda ham ishlayveradi. Hammasi sizning brendingizda.
Yarim soat — maktab ishga tushdi
- 1Kursni yuklangVideo, test va materiallarni borligicha yuklang. Darslar tuzilmasi bir necha bosishda yig‘iladi.
- 2O‘quvchilarni taklif qilingBitta havola — o‘quvchi maktabda. O‘z kabineti, progressi va kirish huquqi bilan. Qo‘lda qo‘shish shart emas.
- 3Hammasi ko‘z oldingizdaKim o‘qiyapti, kim to‘xtagan, kim tugatgan — ko‘rinib turadi. Maktab sizning logotipingiz va ranglaringiz bilan ishlaydi.

Menta’da ishlayotgan maktablar
Bu yerda — Menta’da ishlayotgan maktablarning bir qismi va ularning fikri.
Foydalanish oson. O'quvchilarda endi gmail talab qilinmaydi, birgina sms orqali darsni ko'rishni boshlashi mumkin. Analitika borligi jarayonda mavjud muammoni topishga yordam beradi va rivojlanishga xissa qo'shadi.Tavsiya qilaman hammaga
Shu kungacha bir nechta platformalarni sinab ko’rdik, lekin «Menta» juda oson va qulay tarzda ishlab chiqilgan ekan. Ayniqsa, «zapusk» formati uchun mos keladi. Barcha hamkasblarga tavsiya qilaman
Zapusk qilayotganlar uchun qulay platforma ekan. Kurs ochish jarayoni chalkash emas. Qo‘llab-quvvatlash ham tez javob beradi. Pulga arziydi deb o‘ylayman.
Kurslarimiz uchun bir nechta platformalarni ko'rib , o'rganib chiqib - Menta'ni tanladim. Infobiznesdagi eng aktual platforma va imkoniyatlardan foydalanmoqchi bo'lganlarga tavsiya beraman
Vaqtingizni oladigan ishlarni endi platforma qiladi
Hammasini raqamlarda ko‘rasiz
Har bir o‘quvchining progressi, kuratorlar yuki, qaysi darsda ko‘pchilik to‘xtaydi — taxmin emas, aniq raqam.
Kursingiz boshqa joyga tarqalmaydi
Ekrandan yozib olish ham, yuklab olish ham yopiq. Oylab tayyorlagan kursingiz begona kanalga chiqmaydi.
Kundalik ishni AI bajaradi
Uy vazifasini tekshiradi, test tuzadi, darslaringiz asosida savollarga javob beradi. Kurator esa odam bilan ishlaydi.
O‘quvchilar oxirigacha yetadi
Darslar ketma-ket ochiladi, ballar qiziqishni ushlab turadi. Tugatganlar ko‘payadi — pul qaytarish kamayadi.
O‘quvchini qanday qo‘shishni o‘zingiz tanlaysiz
Qo‘lda, fayldan, to‘lovdan keyin avtomatik yoki CRM orqali. Har biri darhol kerakli kirish bilan.
Vazifangizga mos tarif
- O‘quvchilar — cheklovsiz
- 3 ta faol kurs
- Jamoa 5 kishigacha
- To‘lovlarni qabul qilish
- Kontent himoyasi
- Standart’dagi hammasi
- 5 kurs · jamoa 10 kishigacha
- AI: uy vazifasi, testlar, kurs qoralamasi, chat-bot
- CRM bilan integratsiya
- To‘liq white-label — Menta nomisiz
- Ustuvor qo‘llab-quvvatlash
- Pro’dagi hammasi
- Kurslar — cheklovsiz
- Jamoa — cheklovsiz
14 kun ishlatib ko‘ring — keyin o‘zingiz qaror qilasiz
Mos kelmasa, to‘lovni to‘liq qaytaramiz. Ortiqcha savol yo‘q.
Yagona shart — chindan ishlatib ko‘rish. Buni ishonch bilan aytamiz: maktabini ishga tushirganlar bizda qoladi.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Menta — ustozlar o‘z maktabini ochadigan platforma. Kursingiz ustozingizning maktabida, unga u yuborgan havola orqali kiriladi. Havola topilmasa, ustozingizga yozing: kirishni faqat u tiklay oladi.
Telegram — boshlash uchun zo‘r joy, undan chiqish shart emas: auditoriya, kanal va sotuv o‘sha yerda qolaveradi. Lekin o‘quvchi o‘nlab bo‘lgach, qo‘l mehnati boshlanadi: kirish berish, to‘lovni kuzatish, kim o‘qiyotganini bilish. Ana shu ishlarni Menta o‘z zimmasiga oladi. Telegram sotadi — Menta o‘qitadi.
Kontent ham, ma’lumot ham sizniki. Ketishdan oldin kurs materiallarini va o‘quvchilar ro‘yxatini natijasi bilan yuklab olasiz. Ma’lumotni ushlab qolmaymiz va bekor qilingan kuniyoq o‘chirmaymiz — olib ketishga vaqtingiz bo‘ladi.
Maktabning o‘zi taxminan yarim soatda sozlanadi. Kontentni ko‘chirish esa hajmiga bog‘liq: video va materiallar borligicha yuklanadi, darslar tuzilmasi bir necha bosishda yig‘iladi. Ko‘pchilik birinchi kursni to‘lov kuniyoq ishga tushiradi — ishga tushirish sessiyasida bu yo‘lni birga bosib o‘tamiz.
To‘lov Payme va Click orqali, pul to‘g‘ridan-to‘g‘ri sizga tushadi. To‘lovdan keyin o‘quvchi kursga avtomatik qo‘shiladi. Kirish SMS bilan — email ham, parol ham kerak emas. Onlayn kursni birinchi marta ko‘rayotgan odam ham birinchi urinishda kiradi.
Ha. Har birining o‘z roli va huquqi bo‘ladi: kurator o‘z o‘quvchilarini ko‘radi va topshiriqni tekshiradi, administrator maktabni boshqaradi, siz hammasini ko‘rasiz. Standart’da jamoa 5 kishigacha, Pro’da 10 tagacha, Max’da cheklovsiz.
Uch narsa bu yerda hech qanday sozlashsiz ishlaydi: Payme va Click orqali so‘mda to‘lov, o‘quvchining SMS bilan kirishi, o‘zbek va rus tilidagi support — tez va aniq. Narx ham so‘mda, dollar kursiga qarab o‘zgarmaydi.
Maktabingiz bugunoq ishlashi mumkin
20 daqiqalik onlayn uchrashuv: kursingizni ko‘rib chiqamiz va Menta’da qanday ishlashini ko‘rsatamiz.
Hali o‘ylab yuribsizmi? Telegram kanalimizga obuna bo‘ling — zapusk tahlillari va kurs mualliflari uchun amaliy maslahatlar.
